O'zbekiston U-20 chempionatida rapira bo’yicha g'oliblari aniqlandi !
O'zbekiston U-20 chempionatida rapira bo’yicha g'oliblari aniqlandi !
Ayni kunlarda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o’rtasida U-20 O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning dasturiga asosan 12 mart kuni sportchilar rapira yo’nalishida yakkalik bahsida kuch sinashdi.
Bellashuvlar davomida eng kuchli sportchilardan poytaxtlik Usmanov Ulug’bek hamda qizlar o’rtasida farg’onalik Madaminjonova Durdona g‘alaba qozonib, O‘zbekiston U-20 chempionati sohibiga aylanishdi.
Ta’kidlash joizki, o’gil bolalar va qizlar o’rtasida keсhgan qizg’in bellashuvlarda Toshkent shahar qilichbozlari barcha sovrinli o’rinlarni egallashdi.
Yakuniy natijalar;
O’g’il bolalar;
1. Usmanov Ulug’bek - Toshkent
2. Alimov Fozilkhoja - Toshkent
3.Muminov Mirmumin - Toshkent
3. Maripjonov Jamollidin -Farg’ona
Qizlar;
1. Madaminjonova Durdona -Farg’ona
2. Adashalieva Sabina-Toshkent
3. Miratxamova Shodiyaxon-Toshkent
3. Kildeeva Aneliya -Toshkent