Yangi 2026 yil muborak bo’lsin!
Yangi 2026 yil muborak bo’lsin!
Aziz do‘stlar, hurmatli
qilichboz sportchilar, murabbiylar
hamda qilichbozlik ishqibozlari!
Sizlarni kirib kelgan
2026 yilning ilk kuni bilan
samimiy muborakbod etamiz!
2026 yil yurtimiz qilichbozligi
uchun ulkan yutuqlar, xalqaro sport maydonida yorqin g‘alabalar va yangi marralar yili bo‘lsin.
Har bir qadamda ishonch,
har bir bahsda jasorat va
g‘alabaga bo‘lgan qat’iyat
sizga hamroh bo‘lsin.
O‘zbekiston qilichbozligini
rivojlantirish yo‘lida fidokorona
mehnat qilayotgan barchangizga
chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizning sa’y-harakatlaringiz
sportimiz kelajagi uchun
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Barchangizga mustahkam sog‘lik,
cheksiz va zafarbaxsh ilhom, yuksak maqsadlar va kuchli jamoaviy ruh tilaymiz!
Yangi yil muborak!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Qilichbozlik
Federatsiyasi

