Markaziy Osiyo chempionati: sablya yo‘nalishidagi jamoaviy bahslar bilan yakunlandi
Markaziy Osiyo chempionati: sablya yo‘nalishidagi jamoaviy bahslar bilan yakunlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati sablya yo‘nalishidagi jamoaviy musobaqalar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Bellashuvlar davomida yosh qilichbozlar yuqori tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishni namoyon etdilar.
O‘g‘il bolalar jamoalari natijalari:
1. Toshkent 1
Azimov Davron
Akramjonov Zafarbek
Niezov Muhammadrizo
Usmanov Aslanbek
2.Qoraqalpog‘iston 3
3.Qoraqalpog‘iston 1
3.Qozog‘iston 1
Qiz bolalar jamoalari natijalari:
1. Toshkent 2
Abdujabarova Soliha
Abdunabieva Sabina
Makarova Sofiya
Mirzaeva Lola
2. Qoraqalpog‘iston 2
3. Qoraqalpog‘iston 3
3. Toshkent 3
Mazkur musobaqalar yosh sportchilarning salohiyati yildan yilga oshib borayotganini, hududlar o‘rtasidagi raqobat esa yuqori saviyada kechayotganini yana bir bor tasdiqladi.
G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!
Yosh qilichbozlarimizga kelgusi musobaqalarda ham yuksak natijalar va yangi zafarlar tilaymiz.



