Buxoro shpagachilari U-20 O‘zbekiston Kubogi g’olibi!
Buxoro shpagachilari U-20 O‘zbekiston Kubogi g’olibi!
Nukusda o‘tayotgan U-20 O‘zbekiston Kubogi musobaqasida Buxoro jamoalari qizlar va yigitlar o‘rtasida mutlaq g‘oliblikni qo’lga kiritib, oltin medallarga sazovor bo’ldi!
Shpaga bo‘yicha o’ta shiddatli va keskin burulishlarga boy kechgan jamoaviy bellashuv natijalari turli mintaqalardan ishtirok etgan yosh qilichbozlarimizning sport mahorati, kuchi, chaqqonligi va matonatini yana bir bor namoyon qildi.
Qizlar:
1-o‘rin — Buxoro
2-o‘rin — Andijon
3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston 1 va Respublika OPSTTM
Yigitlar:
1-o‘rin — Buxoro
2-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Guliston va Qoraqalpog‘iston 1.
Buxoro qilichbozlarining ushbu muvaffaqiyati shuni ko‘rsatadiki; Qilichbozlik — bu shunchaki sport emas. Bu – tezlik, fikrlash, strategiya, jasorat ва eng asosiysi, o‘zingni yengish san’ati.
Har bir zarba – kuch. Har bir harakat – ishonch. Har bir g‘alaba – mehnatning mevasi.
G‘olib va sovrindorlarni hamda ularning murabbiylarini tabriklaymiz!






