Riyod–2025: Zuhriddin Qodirov qat’iyat bilan shohsupaga ko‘tarildi — bronza medali O‘zbekistonga!
Riyod–2025: Zuhriddin Qodirov qat’iyat bilan shohsupaga ko‘tarildi — bronza medali O‘zbekistonga!
Riyod–2025 musobaqalarida qilichbozlik bo‘yicha terma jamoamiz yanada o‘zining mahorati va jangovar ruhini namoyish etmoqda.
Sablya yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida kechgan keskin va murosasiz bahslarda vakilimiz Zuhriddin Qodirov yarim final bosqichiga qadar yetib bordi va o‘zining ishonchli chiqishi bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq — mardlik, mehnat va yuksalishga intilishning natijasi. Qodirovning ishonchli qadamlaridan esa millionlab yurtdoshlarimiz ilhom oladi.
Sportchilarimizga keyingi janglarda yana-da balandroq marralar tilaymiz!
O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro arenalarda baland hilpirashda davom etsin!
.jpg)

