Qilichbozlarimiz Quvaytga yo’l olishdi

2025 yil 20-28 fevral kunlari Osiyoning eng kuchli qilichbozlari Kuvaytda o’smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qilichbozlik sportining
3ta turi bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi!

Quvaytning Al-Quvayt shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha O’zbekiston yoshlar va o‘smirlar milliy terma jamoa a'zolari ham (jami 50 nafar sportchi) katta tarkibda ishtirok etadi. 

Bugun O’zbekiston Milliy terma jamoasining o’smirlar toifasidagi qilichbozlari tarkibi mazkur Osiyo chempionatiga jo’nab ketishdi.

Biz qilichbozlarimizga oq yo’l va yorqin g’alabalar tilab qolamiz!