O‘zbekiston milliy termasi (erkaklar va ayollar jamoalari) – Jahon kubogi bosqichi g‘oliblari
O‘zbekiston milliy termasi (erkaklar va ayollar jamoalari) – Jahon kubogi bosqichi g‘oliblari
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi doirasida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida jamoaviy bahs bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasida Jumamuratova Ayakoz, Perdibvaeva Guliston, Shakirova Samira, Bekbaulieva To‘lqinay ayollar jamoasida bellashdi.
Shuningdek, musobaqada bizning erkaklar jamoamizda Abdazov Islombek, Abdukarimbekov Sardor, Qodirov Zuxriddin, Urakbaev Alpamis g’oliblik uchun kurash olib bordi.
Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqada
9 ta davlatdan terma jamoalar ishtirok etdi (Bolgariya, Vengriya, Gonkong, Xitoy, Qozog‘iston, Ruminiya, Turkiya, Polsha, O‘zbekiston).
Quvonarlisi, qizlarimiz terma jamoasi so‘nggi bosqichlardagi belkashuvlarda barcha kuchli terma jamoalarni mag‘lub etishdi.
Final uchrashuvida yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi Bolgariya terma jamoasini 45:31 hisobida mag‘lub etib, jahon Kubogining “oltin”ini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, erkaklar terma jamoamiz ham o‘z ustunligini ko‘rsatdi. Hal qiluvchi final bosqichidagi murosasiz va keskin vaziyatlarga boy kurashda O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasini 45-35 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa yigitlar terma jamoamiz a’zolari JK bosqichi kubogi va oltin medali bilan taqdirlandi.
Poytaxtimizda o‘tkazilgan yirik va nufuzli xalqaro musobaqalardan birida qilichbozlarimiz erishgan yorqin g‘alabalar tufayli respublikamiz madhiyasi qayta-qayta yangradi, O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarildi!