Bugun Sherzod Mamutov 19 yoshni qarshi olmoqda

Tugilgan kuningiz muborak bo'lsin!

O`zbekiston qilichbozlik federatsiyasi qilichbozlikning sablya turi bo`yicha Milliy terma jamoa azosi xalqaro darajadagi sport ustasi, O`zbekiston chempioni, qator xalqaro turnirlar g`olib va sovrindori, 2021 -yil "Tokio-2020" yozgi Olimpiyada o`yinlari litsenzianti Sherzod Mamutovni tavallud kuni bilan tabriklaydi.

Iste`dodli yosh qilichboz-sportchimiz Sherzod Mamutov 2002-yil 5-iyun sanasida Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida tug'ilgan. Sherzod qilichbozlikning sablya yonalishi bo`yicha ilk saboqlarni Nukusda D. Jiemuratov murabbiyligi ostida katta qiziqish bilan astoydil o`rgangan. U bugungi kunda katta xalqaro tajribaga ega bo'lgan murabbiy V. Nazlimov boshchiligida qilichbozlik sporti sirlarini professional darajada qunt bilan o`zlashtirib kelmoqda.

Biz Sherzod Mamutovga hamisha mustahkam sog'lik, baxt, omad hamroh bolishini, uning barcha orzu va maqsadlari amalga oshishini, xalqaro sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib taqdim etishida yuqori sport yutuqlarini va albatta, Tokio Olimpiadasida yorqin g`alabalar nasib etishini tilaymiz.

O`bekiston qilichbozlik fegeratsiyasi Matbuot xizmati