Salomatligingiz oʻz qoʻlingizda

Endilikda butun mamlakatimiz boʻylab ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari ommalashmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni aholi orasida sogʻlom turmush tarzini yana-da keng targʻib etishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Eng asosiysi, yurtdoshlarimiz bu jarayonda oʻz hoxishi, koʻngil mayli bilan qatnashmoqda. Zotan, pandemiya sharoitida salomatlik eng bebaho neʼmat ekanligini fuqarolarimiz teran anglab yetishdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shunday ekan, siz ham safimizga qoʻshiling va salomatligingizni mustahkamlang!

Quyida mamlakatimiz goʻshalarida aholining turli qatlamlari ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarida faol qatnashayotganiga guvoh boʻlasiz.

minsport.uz