Endi muzey koʻrgazmalari huzuringizga keladi

Endi muzey koʻrgazmalari huzuringizga keladi

 

Olimpiya shon-shuhrati muzeyi jamoasi oʻziga xos aksiyani boshladi

“Aholining keng qatlami, shuningdek, oʻquvchi-yoshlar orasida davlat muzeylarida saqlanayotgan milliy moddiy madaniy meros boyliklari, jumladan arxeologik, amaliy sanʼat, numizmatika, litografik va boshqa eksponatlarning foto va koʻchma koʻrgazmalari haqida targʻibot tadbirlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq Olimpiya shon-shuhrati muzeyi jamoasi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 134-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Bu yerda Huquqni muhofaza qilish organlariga qarashli Qoʻl jangi federatsiyasi tasarrufidagi qoʻl jangi toʻgaragi aʼzolari uchun muzey koʻchma koʻrgazmasi hamda noyob muzey ashyolari va kolleksiyalari asosida tayyorlangan rolik namoyish etildi.

Tadbirda toʻgarak rahbari, qoʻl jangi boʻyicha ikki karra Osiyo hamda bir marotaba jahon chempioni, sport ustasi Jamshid Umarov hamda uning qoʻl ostida shugʻullanib kelishayotgan oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida koʻchma koʻrgazma ekskursiyasi ham tashkil etildi. Boʻlajak chempionlar ishtirokida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Gʻoliblar muzey jamoasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbirdan lavhalar: