21 - oktyabr - O'zbek tili bayrami kuni

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktyabr kuni “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmon qabul qilindi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda “O'zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.

Ona tilimizning sofligini saqlash, uning jahondagi mavqeini yuksaltirish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Aziz yurtdoshlar! O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi va mamlakatimiz qilchbozlari ona tilimiz bayrami bilan Sizlarni muborakbod etadi! O'zbek tilimizning nufuzi va qadri hamisha baland va abadiy bo’lsin!

 

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati