Onlayn mashgʻulotlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra karantin choralari 1-avgustga qadar uzaytirildi. Shu sababli barcha sport taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari karantin qoidalariga rioya qilgan holda uy sharoitida sport mashgʻulotlarini davom ettirmoqda.

Bu borada hududiy boshqarmalarning oʻrni alohida desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi har bir hududiy boshqarmadan ajratilgan masʼul xodimlar, oʻquvchilarni onlayn mashgʻulotlarini nazorat qilib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida boʻlajak chempionlarga berilayotgan eʼtibor va katta ishonchdir.

Shunday mashgʻulotlardan biri Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Zangiota tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan tashkil qilindi. Mazkur oʻtkazilgan onlayn mashgʻulotlarda murabbiylar tomonidan berilgan topshiriqlarni sportchilar oʻz mahoratlarini namoyish qilgan holda bajarishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati