Salomatlik va zamonaviy qilichbozlikda xavfsizlik
Salomatlik va zamonaviy qilichbozlikda xavfsizlik
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori S.Usmonxo‘jayev 2026-yil 22–25-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong shahrida o‘tkazilayotgan “Salomatlik va zamonaviy qilichbozlikda xavfsizlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda zamonaviy qilichbozlik sportida sportchilar salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlikni ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ilmiy-amaliy tajribalarni almashishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Professor S.Usmonxo‘jayevning ushbu xalqaro konferensiyadagi ishtiroki universitetning ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etish, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda sport fanlari sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
