Namangan viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida qilichbozlik bo‘yicha bellashuvlarga tantanali tarzda start berildi.

Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh qilichbozlar o‘zaro bahs olib borib, o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyish etmoqda.
Bellashuvlar sportning rapira, shpaga va sablya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib, yosh sportchilar uchun katta tajriba maktabiga aylanmoqda.
Mazkur musobaqalar hududlarda qilichbozlik sportini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda professional sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradilar.
.jpg)
.jpg)