Nukus shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi — “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi Raisi Olimpiadasi” doirasida qilichbozlik bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh qilichbozlar o‘zaro kuch sinashib, mahorat va tayyorgarlik darajalarini namoyish etdilar.
Bellashuvlar yuqori raqobat va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar rapira, shpaga va sablya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Mazkur musobaqa yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda qilichbozlik sportini yanada ommalashtirish hamda kelajakdagi professional sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor sportchilar musobaqaning keyingi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
.jpg)

.jpg)