“9 May — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
“9 May — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Bu sana — Vatan ozodligi, tinchlik va xalq farovonligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ramzidir. Biz urush va mehnat fronti faxriylarining matonati, sabri va fidoyiligini chuqur qadrlaymiz.
Xotira va qadrlash — nafaqat o‘tmish qahramonlarini eslash, balki bugun yonimizda bo‘lgan ota-onamiz, ustozlarimiz, yaqinlarimiz va atrofimizdagi insonlarga mehr va hurmat ko‘rsatishdir.
Inson qadrini ulug‘lash, bir-birimizni e’zozlash va yaxshilikni qadrlash jamiyatimiz ma’naviy kuchining muhim belgisidir.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi nomidan barchaga, jumladan faxriylarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilalarga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz!
Har bir xonadonda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va qadr muhiti mustahkam bo‘lsin.
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam bo‘lsin.
Xotira abadiy, inson qadri muqaddasdir!

