Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida bugun sablya bahslari rasman start oldi!
Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida bugun sablya bahslari rasman start oldi!
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng maydonga chiqqan 69 nafar sablyachi — erkaklar va ayol-qizlar mamlakat chempioni nomi uchun murosasiz kurash olib bormoqda.
Har bir zarba ortida mehnat, iroda va cheksiz ishonch mujassam. Bugun qilichbozlik yo’laklarida nafaqat kuch, balki jasorat va haqiqiy sport ruhi sinovdan o‘tadi!
Barcha sportchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Chempionlik sari dadil odim tashlang- olg’a!



