Qilichbozlikning shpaga yo’nalishi jamoaviy bahslar yakunlandi!
Qilichbozlikning shpaga yo’nalishi jamoaviy bahslar yakunlandi!
Toshkent shahrida 2026-yilning 3–4-may kunlari qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Musobaqa keskin va murosasiz jamoaviy bahslarga boy bo‘ldi!
Erkaklar jamoalari:
1. Buxoro jamoasi — haqiqiy chempion!
Jamoa tarkibi:
Ibodullayev Asilbek
Ibrohimov Sunnatullo
Naimov Avezbek
Fayziyev Ahmadjon
2. Guliston jamoasi
3. Toshkent viloyati jamoasi
3. Andijon jamoasi
Ayollar jamoalari:
1. Toshkent jamoasi — musobaqa g‘olibi!
Jamoa tarkibi:
Nazarova Sanam
Raximova Sevara
Tairova Evelina
Egamberdiyeva Shahzoda
2. Qoraqalpog‘iston jamoasi
3. Buxoro jamoasi
3. Andijon jamoasi
Musobaqalar davomida sportchilar yuqori mahorat, tezkorlik va kuchli iroda namoyish etdilar. Har bir bahs tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi!
G‘olib va sovrindorlarni va ularning trenerlarini tabriklaymiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!




