Shpagachilarimiz Bishkekda muvaffaqiyatga erishdi!

Shpagachilarimiz Bishkekda muvaffaqiyatga erishdi!

16–20 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida U-17 va U-20 yosh toifalarida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalar bilan yurtimiz sharafini himoya qildi.

1. U-17 yosh toifasida Q. Kamalov barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
1. U-20 yosh toifasida esa J. Apseterov ham tengsiz ekanini isbotlab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
3. Shu bilan birga, Q. Kamalov U-20 yosh toifasida yuqori natija qayd etib, 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijalar yosh sportchilarimizning mehnati, matonati va yuksak mahoratidan dalolat beradi. Ularning g‘alabalari nafaqat sport maydonida, balki butun mamlakatimiz uchun faxr manbai bo‘lib xizmat qiladi.

G’olib va sovrindor sportchilarimizni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!