Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.

Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O'zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raisi Maksud Abdusamadov  tomonidan Jizzax viloyatida Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib bordi.

O'rganish davomida O'zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raisi M.Abdusamadovga Jizzax viloyati qilichbozlik federatsiyasi rasi X.Mo‘minov, Jizzax viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i N.Usmonov, MOQ Jizzax viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori A.Axmedovlar hamrohlik qilib, Jizzax shaharida qurilayotgan qilichbozlik majmuasining qurilish jarayonlari ko'zdan kechirishdi.

Shuningdek, qilichbozlik sport turi bilan shug'ullanuvchi sportchilarning mashg'ulot jarayonlarini bilan tanishishdi. Shu o'rinda qilichbozlik bo'yicha trenerlar bilan suhbat olib borib, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport turini rivojlantirish yuzasidan bajariladigan ishlarni muhokama qilishdi.