Jizzax garnizonida yoshlar o‘z kuchlarini qilichbozlikda sinab ko‘rdilar.
Jizzax garnizonida yoshlar o‘z kuchlarini qilichbozlikda sinab ko‘rdilar.
Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Jizzax viloyati qilichbozlik federatsiyasi bilan hamkorlikda sportning “qilichbozlik” turi bo‘yicha, garnizon boshlig‘i kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi. Tadbir yoshlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport orqali ularning irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratildi.
Shuningdek, musobaqa yoshlar qalbida mardlik, vatanparvarlik va ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va saralab olish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.
bizga qo‘shiling: https://t.me/markaziyokrug






