Qilichbozlarimiz O’quv-mashg’ulot yig’inida

Qilichbozlarimiz O’quv-mashg’ulot yig’inida

Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan qilichbozlik zallarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi (yoshlar va kattalar) navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda.
Ayniqsa, sablya yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarda sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Kuch, tezlik va chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlar orqali qilichbozlarimiz yanada yuqori sport formasiga chiqish yo‘lida astoydil mehnat qilmoqda.

Oldinda esa ularni nufuzli Jahon kubogi bosqichlari va jahon chempionati kabi mas’uliyatli musobaqalar kutmoqda. Bu esa har bir sportchidan maksimal darajada tayyorgarlik va iroda talab qiladi.

Ishonamizki, terma jamoamiz a’zolari xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, muxlislarimizni yorqin g‘alabalar bilan xursand etadi!