Rio-de-Janeyroda Jahon chempionati start oldi!
Rio-de-Janeyroda Jahon chempionati start oldi!
2026-yil 1–9-aprel kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ahamiyatlisi — ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekistonning kuchli qilichbozlari ham ishtirok etmoqda!
Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Yorqinjon Yuldashev hamda terma jamoa menejeri Xalilullo Sharipov rahbarligida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Sablya;
- Jaksbayeva Nargiza
- Jumamuratova Ayakoz
- Errera Lara Fernanda
- Urakbayev Alpamis
- Abdukarimbekov Sardor
- Begjanov Artur
Rapira;
- Usmanov Ulug‘bek
- Polina Volobueva.
Olg‘a, O‘zbekiston qilichbozlari!

