Ommaviy axborot vositalari uchun Olimpiya shaharchasiga press-tur tashkil etildi
Ommaviy axborot vositalari uchun Olimpiya shaharchasiga press-tur tashkil etildi
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun hamda sport sohasini tijoratlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun zamonaviy Olimpiya shaharchasiga press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillariga Davlatimiz rahbari tashabbuslariga muvofiq sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sport inshootlarida ommaviy axborot vositalari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi.
Mazkur press-tur jurnalistlar uchun sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish, amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish hamda sohadagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

