Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Musobaqaning yakkalik bahslari yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Unga ko‘ra, AIN (FIE bayrog‘i ostida ishtirok etgan neytral sportchi) vakili Alina Mikhailova birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rin Bolgariya sportchisi Yoana Ilievaga nasib etdi.
Shohsupaning uchinchi pog‘onasida esa Ozarbayjon vakili Palina Kaspiarovich hamda Xitoy sportchisi Rao Xueyi joy oldi.
Endilikda musobaqa doirasidagi jamoaviy bahslar 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda ham keskin va murosasiz bellashuvlar kutilmoqda.
Sportchilarimizga kelgusi bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!


