Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi tantanali ochilish tadbiri o’tkazildi

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi tantanali ochilish tadbiri o’tkazildi
 
Olimpiya shaharchasidagi “O‘yin turlari sport majmuasi”da sablya yo‘nalishi bo‘yicha kattalar (ayollar) o‘rtasidagi bahslarga tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova hamda Qilichbozlik federatsiyasi raisi Maksud Abdusamatov ishtirok etdi.
 
So‘zga chiqqanlar musobaqa qatnashchilarini samimiy qutlar ekan, mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xususan, davlat rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida sportchilarga yaratilayotgan sharoitlarni alohida ta’kidladi. 
 
Shuningdek, bu kabi xalqaro musobaqalar yurtimizda qilichbozlik sport turining rivojiga kuchli turtki berayotgani, sportchilarimiz uchun esa katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.