Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga start berildi. Ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan musobaqada 25 mamlakatdan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Dasturga koʻra, bugun dastlabki saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Ertaga ochilish marosimi va hal qiluvchi bosqich bahslari tashkil etilsa, 29-mart sanasidan jamoaviy yoʻnalishdagi janglar oʻrin olgan.
—
В Ташкенте стартовал этап Кубка мира по фехтованию
Сегодня в «Олимпийском городке» стартовал очередной этап Кубка мира по фехтованию на саблях. В соревнованиях среди женщин принимают участие более 150 спортсменок из 25 стран.
Согласно программе, сегодня состоится предварительный отборочный этап. Завтра состоятся церемония открытия и финал, а 29 марта пройдёт командная программа.




