Poytaxtimiz Olimpiya shaharchasida tayyorgarlik qizg’in pallada!
Poytaxtimiz Olimpiya shaharchasida tayyorgarlik qizg’in pallada!
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ayni damda qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Ma’lum qilganimizdek, 2026-yil 27–29-mart kunlari bu yerda kattalar toifasidagi ayol-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mutasaddilar tomonidan barcha jihatlar — musobaqa maydonlari, texnik jihozlar, sportchilar uchun sharoitlar va tashkiliy masalalar puxta tayyorlanmoqda. Har bir detal xalqaro talablar darajasida bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qiziqarli jihati shundaki, bugungi kunga qadar dunyoning 25 mamlakatidan jami 152 nafar ayol qilichboz ushbu musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa Toshkent bosqichi naqadar raqobatbardosh va murosasiz kechishidan darak beradi.
Shubhasiz, еng kuchli qilichbozlar bahsi, keskin va murosasiz bellashuvlar — barchasi muxlislarni kutmoqda!







