U-20 O‘zbekiston chempionatida sablya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi!

U-20 O‘zbekiston chempionatida sablya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi! 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasidagi U-20 O‘zbekiston Respublikasi chempionati doirasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahsi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yurtimiz viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan eng kuchli qilichbozlar ishtirok etdi. Jami qariyb 80 nafar iqtidorli yigit va qizlar mamlakat chempionligi uchun keskin va murosasiz bahslarda kuch sinashdi.

Yigitlar o‘rtasida:
1, Ниетали Коптелеуов — Qoraqalpog‘iston
2, Нурсултан Кенесбаев — Nukus OPSTTM
3, Саидиброхим Алимов — Milliy klub
3, Айназар Рахманбергенов — Nukus OPSTTM

Qizlar o‘rtasida:
1, Перизат Мавленбергенова — Nukus OPSTTM
2, Дарина Бабажанова— Toshkent
3, Феруза Шерниязова— Qoraqalpog‘iston
3, Севара Ганиева— Jizzax

Musobaqa yosh qilichbozlarning mahorati, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyish etdi.

G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!