Yoshlar kuchi — kelajak g‘alabasi!

Yoshlar kuchi — kelajak g‘alabasi! 

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati U-20 musobaqasi doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi. Mamlakatimizning turli viloyatlari hamda Toshkent shahri terma jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz va hayajonli bahslar haqiqiy sport ruhi, iroda va mahorat namunasiga aylandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, poytaxtimiz vakillari yana bir bor o‘z ustunliklarini namoyish etib, yigitlar va qizlar jamoalari o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritdi hamda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 G‘olib jamoalar:
O‘g‘il bolalar jamoalari:
1, Toshkent 1
2, Farg‘ona
3, Toshkent 2
3, Andijon

Qizlar jamoalari:
1, Toshkent 1
2, Farg‘ona OPSTTM
3, Toshkent viloyati
3, Toshkent 2

Ta’kidlash joizki, har bir bellashuv — tajriba, har bir g‘alaba esa yangi marralar sari ilhomdir.

Barcha sportchilarni, murabbiylarni va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan ota-onalar, muxlislarni tabriklaymiz! Oldinda yanada katta zafarlar bo‘lsin!