Qilichbozlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Qilichbozlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-27 fefral kunlari kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati musobaqalari oʻtkazildi.

 

Qilichbozlarimiz ushbu nufuzli musobaqada 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

 

Shungdek sablya yoʻnalishi boʻyicha qizlar va yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan jamoaviy bahslarda milliy terma jamoamiz a’zolari 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

 

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, Qilichbozlik federatsiyasi raisi oʻrinbosari Hayot Zakirov, vazirlik va federatsiya mas’ul xodimlari, sportchilarning ota-onalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.