Sablyachilar o‘quv yig‘ini yakunlandi
Sablyachilar o‘quv yig‘ini yakunlandi
Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar hamda kattalar yosh toifasidagi O‘zbekiston Milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mashg‘ulotlarni milliy terma jamoaning yetakchi va tajribali murabbiylari olib bordi. Ular safida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi taklifiga binoan milliy terma jamoada faoliyat boshlagan xorijlik murabbiy Zoran Tulum ham ishtirok etdi. U o‘zining boy bilimlari, yetuk tajribasi va yuqori mahoratini yosh qilichbozlarga o‘rgatmoqda.
Mazkur o‘quv-yig‘in 2026-yil 17–28-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini o‘tashi bilan ham ahamiyatlidir.
Yig‘in davomida sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligi yanada mustahkamlandi, jangovar ruh va g‘alabaga bo‘lgan ishonch kuchaydi.
Oldinda mas’uliyatli start — Osiyo chempionati.
Milliy terma jamoamizga yo’rqin g’alabalar va zafarlar tilaymiz!









