Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Rapira yo‘nalishida jamoaviy bahslar yakunlandi!

Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Rapira yo‘nalishida jamoaviy bahslar yakunlandi!

Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-17) O‘zbekiston chempionati doirasida rapira yo‘nalishida jamoaviy musobaqalar ham qizg‘in va murosasiz ruhda bo‘lib o‘tdi.

Jamoaviy bahslarda ham kuchli tayyorgarlik, o‘zaro hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilish yaqqol namoyon bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Toshkent shahri jamoalari yetakchilikni qo‘lga oldi.

1, Toshkent-1
2, Toshkent-2
3, Toshkent-3
3, Farg‘ona jamoasi

Mazkur jamoalar tarkibidagi sportchilar ham o‘g‘il bolalar, ham qizlar o‘rtasida oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng faol va muvaffaqiyatli ishtirokchilaridan bo‘lishdi.

Chempionat esa davom etadi!
Bugundan boshlab sablya yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. Unda ham yakkalik va jamoaviy yo‘nalishlarda g‘olib hamda sovrindorlar nomi aniqlab olinadi.

Barcha jamoalarni munosib natijalar bilan tabriklaymiz!