Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Rapirachilar bahsi natijalari
Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Rapirachilar bahsi natijalari
Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-17) O‘zbekiston chempionati doirasida rapira yo‘nalishida yakkalik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq o‘g‘il va qiz sportchilar g‘oliblik uchun keskin va murosasiz bellashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1, Pulatov Serdar — Toshkent
2, Salak Roman — Toshkent
3, Tulkinov Muhammadqodir — Toshkent
3, Masharifzoda Kamron — Farg‘ona OPSTTM
Qizlar o‘rtasida:
1, Kildeeva Aneliya — Toshkent
2, Karimova Asal — Toshkent
3, Adashalieva Sabina — Toshkent
3, Asranova Munisa — Toshkent viloyati
Yosh rapirachilarimizning mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi musobaqaga alohida shukuh bag‘ishladi.
Albatta, ushbu natijalar kelajakdagi yirik xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam zamin yaratadi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni, ularning murabbiylari hamda ota-onalarini samimiy tabriklaymiz!




