Toshkent shahrida U-17 O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Toshkent shahrida U-17 O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Ayni kunlarda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-17) O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada tashkil etilgan holda davom etmoqda.

Musobaqa doirasida shpaga yo‘nalishida jamoaviy bahslari o‘tkazilib, unda quyidagi terma jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Yigitlar jamoasi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati-1
2-o‘rin — Guliston-2 
3-o‘rin — Guliston-1 va Qoraqalpog‘iston

Qizlar jamoasi:
1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston-1
2-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Navoiy-1 va Andijon-1

Musobaqa yuqori saviyada, murosasiz va qiziqarli bellashuvlarga boy tarzda davom etmoqda. Yosh qilichbozlarimizning sport mahorati va raqobatbardoshligi mamlakatimiz qilichbozlik sporti rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Go’lib jamoalarni tabriklaymiz!