Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Shpaga yo‘nalishi natijalari!

Toshkentda U-17 O‘zbekiston chempionati — Shpaga yo‘nalishi natijalari!

Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-17) O‘zbekiston chempionati yuqori ruh, kuchli raqobat va yorqin g‘alabalarga boy tarzda davom etmoqda. 
Ayniqsa, shpaga yo‘nalishidagi yakkalik bahslari tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Yigitlar o‘rtasida:
1, Suyunov Sardor — chempionlikni ishonch bilan qo‘lga kiritdi
2, Kamalov Koblan — munosib kurash va kumush medal
3, Bagatdinov Vadim va Savronov Ozodbek — bronza medali sovrindorlari

Qizlar o‘rtasida:
1, Usmonjonova Ozoda — finaldagi mahoratli chiqishi bilan chempion!
2, Berdaxova Rayhan — faxrli 
2-o‘rin
3, Tashmuhammedova Guzal va Tashmuhamedova Asal — bronza medal sohibalari.

Bu natijalar — kelajakdagi xalqaro g‘alabalar uchun mustahkam poydevor!
Bugun shpaga yo‘nalishida jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Eng kuchli jamoalar o‘zaro bellashib, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

 Barcha sportchilar, murabbiylarini va ota-onalarni tabriklaymiz!