Ofarin, qilichboz qizlarimiz jamoasi - faxr va g‘urur lahzalari!

Ofarin, qilichboz qizlarimiz jamoasi - faxr va g‘urur lahzalari!

Tbilisi (Gruziya) shahrida bo‘lib o‘tgan sablya bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida ayollar terma jamoamiz munosib ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoamiz tarkibi:
Fernanda Errera, Jaksibaeva Nargiza, Jumamuratova Ayakoz va Utebaeva Nargiza.

Finalgacha bo‘lgan g’alaba sari yo‘l:
1/16 final — Belarus jamoasi ustidan ishonchli g‘alaba (45:22)
1/8 final — Polsha jamoasi mag‘lub etildi (45:36)
Yarim final — mezbon Gruziya jamoasi ustidan keskin bahsda g‘alaba (45:41). 

Afsuski, sablyachi qizlarimiz final bahsidagi kuchli bellashuvda Rossiya jamoasiga imkoniyatni boy berdi. 

Ta’kidlash joizki, bu natija sportchilarimizning yuqori tayyorgarligi, sabr-toqati va jamoaviy hamjihatligining yorqin isbotidir.

Sportchilarimizni, murabbiylar shtabini va ushbu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan barchani samimiy tabriklaymiz!