O’zCh doirasida rapira bo’yicha g’olib va sovrindor jamoalar aniqlandi

O’zCh doirasida rapira bo’yicha g’olib va sovrindor jamoalar aniqlandi

Jizzax shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan yosh qilichboz o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvlarda nafaqat texnika, balki birdamlik, ishonch va haqiqiy jamoa ruhi sinovdan o‘tdi.

Qizlar jamoalari:
1. Toshkent 1
2. Toshkent 2
3. Farg‘ona 1
3. Farg‘ona 2

O‘g‘il bolalar jamoalari:
1. Toshkent 1
2. Toshkent 2
3. Farg‘ona 1
3. Farg‘ona 2

 Har bir jamoada — o‘ziga xos xarakter, har bir jangda — mas’uliyat, har bir g‘alabada esa katta mehnat mujassam. Bu yosh sportchilar bugun jamoa bo‘lishni, bir-birini qo‘llab-quvvatlashni va g‘alabani bo‘lishishni o‘rganmoqda.

Barcha ishtirokchilar, murabbiylar va ota-onalarni tabriklaymiz!