Jizzaxda yosh qilichbozlar bellashuvi boshlandi!
Jizzaxda yosh qilichbozlar bellashuvi boshlandi!
Bugun, 25-yanvar, Jizzax shahrida U-13 yosh toifasidagi kichik kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Chempionatiga rasman старт berildi.
Musobaqalar 25–30-yanvar 2026-yil kunlari davom etadi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh qilichbozlar ishtirok etmoqda.
Chempionatning ilk kuni mamlakat birinchiligi uchun rapira yo‘nalishida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi shaxsiy bellashuvlar bilan boshlandi.
Musobaqaning asosiy maqsadlari:
• qilichbozlik sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda keng rivojlantirish;
• milliy terma jamoalar uchun munosib sport zaxirasini shakllantirish;
• sportchilarning mahoratini oshirish;
• hududlar o‘rtasida do‘stlik va sport aloqalarini mustahkamlash.
Yosh sportchilarga omad, chiroyli g‘alabalar va unutilmas tajribalar tilaymiz!
Qilichbozlik — bu jasorat, tezkorlik va intizom maktabi!

