Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqa shpaga, sablya va rapira yo‘nalishlarida tashkil etildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati Sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Chempionatning asosiy maqsadi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan U13 O‘zbekiston chempionatiga viloyat terma jamoasi tarkibini saralab olishdan iborat.