Doha mezbonligida Gran-pri bahslari
Doha mezbonligida Gran-pri bahslari
23–25-yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida shpagа yo‘nalishi bo‘yicha qilichbozlik Gran-prisi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqa dunyoning yetakchi qilichbozlarini bir maydonga jamladi.
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Shahzoda Egamberdieva, Malika Hakimova, Dilnaz Murzataeva va Sevara Rahimova himoya qiladi. Unda 37 davlatdan 161 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ular orasida AQSH, Germaniya, Keniya, Buyuk Britaniya, Gonkong, Belgiya, Argentina, Venesuela, Shveytsariya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari bor.
Erkaklar Gran-prisida esa
45 davlatdan 224 nafardan ziyod sportchi g‘alaba uchun bahs olib boradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Ahmadjon Fayziev, Nurmuhammad Muminov, Javohirbek Nurmatov va Meyirhan Timurov musobaqada qatnashadi.
O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqa davomida aniq zarbalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

