Salt-Leyk-Siti shahrida sablya bo’yicha Jahon kubogi start oldi

Salt-Leyk-Siti shahrida sablya bo’yicha Jahon kubogi start oldi

Kecha, 22-yanvar kuni AQSHning Salt-Leyk-Siti shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi rasman boshlandi. Musobaqa 25-yanvarga qadar davom etadi hamda unda individual va jamoaviy bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 44 dan ortiq mamlakatidan 381 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. Argentina, Braziliya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Koreya Respublikasi kabi yetakchi qilichbozlik maktablari vakillari g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.

???????? O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu musobaqada quyidagi tarkibda qatnashmoqda;
Ayollar:
Zaynab Dayibekova, Samira Shokirova, Fernanda Herrera, Gulistan Perdibaeva, Ayakoz Jumamuratova, Nargiza Jaksibaeva.

Erkaklar:
Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Sardor Abdukarimbekov, Alpamys Urakbaev.

Sportchilarimizga muvaffaqiyatli chiqishlar va yorqin g’alablar tilaymiz.