SHPAGA YO‘NALISHIDA O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI
SHPAGA YO‘NALISHIDA O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI
Milliy terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish taqvim rejasiga asosan qilichbozlikning shpaga yo‘nalishidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi.
Mazkur yig‘in “Paxtakor” qilichbozlik zalida bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik harakatlari, shuningdek, musobaqa sharoitida jang olib borish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘quv-yig‘in mashg‘uloti terma jamoa a’zolarini kelgusidagi respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlashda muhim bosqishdir.




