Shpaga yo‘nalishida Jahon kubogi: jamoaviy bahslar yakunlandi!
Shpaga yo‘nalishida Jahon kubogi: jamoaviy bahslar yakunlandi!
Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi Toshkentda yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bahslar esa haqiqiy jangovar ruh, jipslik va strategik mahorat namunasiga aylandi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, quyidagi kuchli jamoalar shohsupadan joy oldi:
1. Misr — aniq zarbalar va sovuqqon taktika bilan g‘alaba
2. Gretsiya — tajriba va jamoaviy uyg‘unlik timsoli
3. O‘zbekiston — ishonch, matonat va kelajakka katta da’vo
3. Qozog‘iston — barqaror o‘yin va kuchli raqobat.
Ayniqsa, O‘zbekiston terma jamoasining bronza medali mamlakat qilichbozligi jadal rivojlanib borayotganidan darak. Yosh sportchilarimiz xalqaro maydonda munosib raqobat ko‘rsatib, muxlislarga faxr ulashdi.
Bu natijalar — katta g‘alabalarning boshlanishi!
Sportchilarimizga yangi cho‘qqilar, ishonch va omad tilaymiz!

