Orleansda sablya bo‘yicha Gran-pri musobaqasi

Orleansda sablya bo‘yicha 

Gran-pri musobaqasi

 

Fransiyaning Orleans shahri dunyoning eng kuchli sablya ustalarini jamlagan nufuzli Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. 2025-yil 4–6 dekabr kunlarini o‘z ichiga olgan turnir xalqaro qilichbozlik taqvimidagi eng asosiy voqealardan biri sifatida e’tirof etiladi.

 

Musobaqaning ilk kuni ortda qoldi va unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Daiybekova Zaynab ishonchli natija qayd etdi. U muvaffaqiyatli chiqish qilib, turnirning 2-bosqichiga yo‘l oldi. Zaynab 6 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

 

Ertangi kun esa o‘zbekistonlik qilichbozlar uchun yanada muhim — maydonga erkaklar terma jamoamiz vakillari tushadi. O‘zbekiston sharafini Aymuratov Musa, Abdazov Islambek, Abdukarimbekov Sardor, Qodirov Zug‘riddin va Uraqboyev Alpamis himoya qilishadi. Ular kuchli raqiblar qarshisida qat’iyat va mahorat sinovidan o‘tishadi.

 

Ushbu musobaqada sportchilarimizdan yorqin zarbalar, tezkor hujumlar va albatta — g‘alabalar kutamiz!