Bugun O‘zbekiston kubogi U-20 doirasida sablya yo‘nalishidagi yakka bahslar o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekiston kubogi U-20 doirasida sablya yo‘nalishidagi yakka bahslar o‘tkazildi.
Nukus shahrida o’tazilayotgan O’zK U-20 musobaqasi davomida sportchilar har bir zarba, har bir harakat uchun bor kuchi bilan kurashdi.
Qilichbozlik yo’lakchalarida kechgan sportvhilar shiddati, aniqlik va chaqqonligi tomoshabinlarga haqiqiy zavq ulashdi.
Qizlar o‘rtasida yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Ganieva Sevara (Jizzax)
Final bahsida Sevara aniq zarbalari bilan ustunlikka erishib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
2-o‘rin — Khusanboeva Bibiaisha (Toshkent)
U har bir jangda qat’iyat bilan ishtirok etib, finalgacha yetib bordi va munosib ravishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
3-o‘rin — Jumamuratova Ayakoz (Qoraqalpog‘iston)
3-o‘rin — Ruziyeva Salima (Toshkent)
⸻
Yigitlar o‘rtasida yakuniy natijalar:
1-o‘rin — Begjanov Artur (Qoraqalpog‘iston)
Artur final jangida vaziyatni yaxshi nazorat qilib, ustunlikka erishdi va chempion bo‘ldi.
2-o‘rin — Kenesbaev Nursultan (Nukus OPSTTM)
U musobaqa davomida barqaror o‘yin ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
3-o‘rin — Alimov Saidibrohim (Milliy Klub) hamda Tajedinov Begzod (Qoraqalpog‘iston).
Barcha g’olib va sovrindor sportchilarni tabriklaymiz!


