U-20 O‘zК: Shpaga yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi!
U-20 O‘zК: Shpaga yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi!
Bugun Nukusda o‘tkazilgan U-20 O‘zbekiston Kubogining shpaga yo‘nalishidagi yakkalik bahslarida yurtimizning turli hududlaridan kelgan 80 nafar yosh qilichboz g‘alaba uchun kuch sinashdi.
O‘g‘il bolalar (47 n.):
1- Zaynobiddinov Ozodbek —Farg‘ona OPSTTM
2 - Savronov Elor —Guliston OPSTTM
3 - Kazakhbaev Ulug‘bek —Nukus OPSTTM
3 - Alijonov Navruz —Guliston OPSTTM
Qizlar o’rtasida final bahsi ayniqsa hayajonli o‘tdi. Buxorolik Dilnura Ibodullayeva va andijonlik Ozoda Usmonjonova uchrashuvi keskin va murosasiz kechdi. Kuchlar teng bo‘lsada, Dilnura hal qiluvchi zarbalarni aniq amalga oshirib, 15:13 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qizlar (36 n.):
1 - Ibodullayeva Dilnura —Buxoro OPSTTM
2 - Usmonjonova Ozoda — Andijon OPSTTM
3 - Orynbaeva Shaxnoza —Qoraqalpog‘iston
3 - Xalilova Alina — Navoiy
Barcha g‘olib va sovrindor sportchilarni hamda ularning fidoyi murabbiylarini tabriklaymiz!
Ularning bugungi yutug‘i — ertangi katta g‘alabalar sari qo‘yilgan muhim qadamdir.







