Nukusda U-20 O‘zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!

Nukusda U-20 O‘zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!

Bugun Nukus shahrida U-20 O‘zbekiston Kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Respublikamiz viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 20 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli sportchilar va murabbiylar, shuningdek, QR Sport vazirligi vakillari, QR Mudofaa ishlari boshqarmasi, Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati, mas’ullari, qilichbozlik muxlislari ishtirok etdi.

Qilichboz-sportchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi harbiy orkestr sadolari ostida maydonga kirib keldi. Bu esa musobaqaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ochilish tadbirida QR Sport vazirligi Ixtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalari bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Po‘lat Baltabayev va O‘QF  Qoraqalpog’iston bo‘limi raisi Dauletmurat Kalxorozov ishtirokchilarni qizg‘in qutladilar va O‘zbekiston Kubogi U-24 musobaqalariga rasmiy start berildi.