U-20 O‘zbekiston Kubogi: Rapira yo‘nalishida Farg‘ona terma jamoalari chempionlikni qo‘lga kiritdi!

U-20 O‘zbekiston Kubogi: 

Rapira yo‘nalishida Farg‘ona terma jamoalari chempionlikni qo‘lga kiritdi!

 

Bugungi hayajonli va shiddatli kun yakunida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy hisobda Farg‘ona terma jamoalari mutlaq g‘olib deb topildi! Yosh qilichbozlarimizning mahorati, intizomi ва g‘alabaga bo‘lgan ishonchi muxlislarga chinakam sport ruhini namoyon etdi.

 

Qizlar jamoalari:

 1 - Farg‘ona

 — Durdona Madaminjonova

 — Mushtariybonu Abdullayeva

 — Asalxon Abdulazizova

2 - Toshkent – 1

3 - Toshkent viloyati -

3 - Toshkent – 2

Yigitlar jamoalari:

1 - Farg‘ona

 — Sheramon Komiljonov

 — Jamoliddin Maripjonov

 — Iqboljon Muxammadjonov

 — Asadbek To‘xtamurodov

2 - Toshkent – 1

3 - Toshkent – 2

3 - Toshkent – 3

 

Bu g‘alaba — yosh sportchilarimiz mehnati, murabbiylarning teran saboqlari ва jamoaning bir-biriga bo‘lgan ishonchining yorqin samarasidir. Tabriklaymiz!

 

Eslatib o’tamiz, ertaga qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida yakkalik bahslari start oladi.

Yangi qahramonlar, yangi rekordlar va yangi sensatsiyalarni kutib qolamiz!