Riyod–2025 g‘oliblarini tantanali kutib olish! Yurtimiz faxri bo‘lgan qilichbozlar Vatanga qaytdi!


Riyod–2025 g‘oliblarini tantanali kutib olish! Yurtimiz faxri bo‘lgan qilichbozlar Vatanga qaytdi!

Bugun Riyod shahrida o‘tkazilgan Islom birdamlik o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan sportchilarimiz — ayniqsa qilichbozlik bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lgan yigit-qizlarimiz Vatan tuprog‘iga qadam qo‘ydilar.

Ular namoyish etgan mahorat, jasorat va qat’iyat xalqimiz qalbida faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Har bir medal — mehnat, iroda va O‘zbekiston nomini ulug‘lash yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi rahbarlari, mutasaddilar va sport jamoatchiligi tantanali tarzda kutib oldi. 
Samimiy qarshi olish, guldastalar va olqishlar — bularning bari yurtimiz yoshlarining xalqaro maydondagi katta yutuqlarga munosib ravishda baholanishidir.


???????? Qilichbozlarimizning ushbu muvaffaqiyatlari nafaqat bugunning g‘alabasi, balki kelajakdagi yanada yuksak marralar uchun mustahkam poydevordir.
Ularning kurashuvchanligi, bardamligi va professionalligi yosh avlodga kuch, ishonch va ilhom bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro arenalarda baland hilpirab, sportchilarimizga kuch-quvvat ulashishda davom etsin!


Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston qilichbozlari yakuniy natijalari statistikasi

Riyoddagi nufuzli musobaqa O‘zbekiston qilichbozligi uchun tarixiy bosqichga aylandi. Jamoamiz mahorati va jipsligi bilan kuchli raqobat orasida yorqin natijalar qayd etdi.
 Oltin medallar — 3 ta
Individual
 •Meyirxan Timurov —shpaga

Jamoaviy
 •Erkaklar rapira jamoasi:
Radmir Semeneev, Ulug‘bek Usmonov, Ilyas Molina
 •Ayollar shpaga jamoasi:
Sevara Rahimova, Sanam Nazarova, Shahzoda Egamberdiyeva

 Kumush medallar — 6 ta
Individual
 •Javohirbek Nurmatov — shpaga
 •Guliston Perdibayeva — sablya
 •Ilyas Molina — rapira
 •Sevara Rahimova — shpaga

Jamoaviy
 •Ayollar sablya jamoasi:
Zaynab Dayibekova, Guliston Perdibayeva, Xerrera Lara Luiz Fernanda
 •Erkaklar sablya jamoasi:
Islambek Abadzov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirov. 

Bronza medallar — 3 ta
Individual
 •Radmir Semeneev — rapira
 •Shahzoda Egamberdiyeva — shpaga
 •Zuhriddin Qodirov — sablya

???????? Umumiy natija: 12ta medal
 3 ta oltin
 6 ta kumush
 3 ta bronza